KITOB HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo‘lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

2. Dunyo bo‘yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo‘lyozmasi e’tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o‘simlik haqida so‘z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo‘lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o‘qiy olishmayapti.

4. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko‘zgu yordamisiz o‘qib bo‘lmaydi.

5. «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz o‘qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.

6. L. Kerrollning «Alisa mo‘jizalar mamlakatida» kitobi sotuvi Xitoyda qat’iyan taqiqlab qo‘yilgan. Bunga asardagi hayvonlarning ham inson tilida gapirishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

7. Xorvard kutubxonasida to‘rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.

8. «Robinzon Kruzo» asarining davomi ham bor. Unda xuddi o‘sha birinchi asardagi qahramon ikkinchi marotaba kema halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi va ming turli mushkulotlarga duch kelgan ko‘yi quruqlik orqali uyiga yetib oladi. Quruqlik esa Rossiya hududi hisoblanadi.

9. Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo‘lgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.

10. Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.

11. Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa bo‘ladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.

12. Ko‘pchilik kitobsevarlar o‘zi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi so‘nib, o‘qishni to‘xtatishadi.

13. Qadimiy Assiriyada kitob oddiy loydan tayyorlangan.

14. Kitob o‘g‘risini dunyo miqyosida bibliokleptoman deb atashadi.

15. Vellingtonda dunyodagi eng og‘ir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.

Tumor

#Ibrat_bekati

Ishlari kundan-kun ortga qarab ketavergan Mansur bugun borishga hech ko‘ngli tortmayotgan domlaning oldiga xotinining qistovlari ila ertalabdan yo‘l oldi. Boshida xotinining gapirgan gaplari aylanaverdi: «O‘qitishimiz kerak».

Domlaning oldiga kirishga navbat kutib turarkan, kun peshinga bordi. Va nihoyat, gali kelib xonaga bo‘sh qo‘llari bilan kirdi-yu, bir dunyo bozorlik ro‘yhati yozilgan qog‘oz bilan qaytib chiqdi. Turnaqator mashinalardan o‘tib, o‘zining mashinasi oldiga yaqinlashar yekan domlaning gaplarini esladi: «Siz shularni olib keling. Kechqurun kelsangiz, tumor yasab beraman. Hammasi yaxshi bo‘ladi…»

Shaharning eng oldi Supermarketlaridan biriga kirib bozorlik qila boshladi. Saryog‘ sotib olayotganida ko‘zi qaymoqqa tushdi. Onasi qaymoqni yaxshi ko‘rardi-ya! Ko‘rmaganiga ham bir oydan oshibdi. Mansur hammasini tashladi. Qaymoq va issiq non sotib oldi-yu, onasining oldiga jo‘nadi…

Onasining duolarini olib, bolalik uyidan kayfiyati a’lo bo‘lib chiqdi. O‘sha kuni qo‘li-qo‘liga tegmay savdo qildi…!

Ertasi kuni ertalab erining kayfiyatini a’lo holda ko‘rgan Nasiba sekin gap boshladi

– Nima degandim sizga! Domlaning nafasi o‘tkir! Tumor ta’sir qilishni boshladi!

– To‘g‘ri aytasan, men tumorimni topdim. Biroz kechrog‘-u, asosiysi topdim!

Nasiba hech narsaga tushunmadi.

Mansur… Mansur yesa allaqachon issiq non hidi tutib ketgan mashinasini «Tumor»i tomon yeldirib borardi…

Ruqayya Yusufiy

Ibrat

#Ibrat

Azizlar, hali kech emas!

Rim senatori Markus Kato 80 yoshida yunon tilini o‘rgangan.

Sokrat 70 yoshidagina ko‘plab cholg‘u asboblarida chalishni o‘rgangan va bu san’atni mukammal egallashga muvaffaq bo‘lgan.

Mikelanjelo o‘zining eng muhim rasmlarini 80 yoshida chizgan.

Gyote 80 yoshida “Faust“ asarini tugalladi.

Nemis tarixchisi Leopold Ranke 91 yoshida «Jahon tarixi» asarini bitirdi.

Isaak Nyuton 85 yoshida ham tinimsiz faoliyat bilan band edi.

Lev Tolstoy 82 yoshida dalani o‘roq bilan shunday o‘rganki, yosh o‘roqchilar unga yetib bora olmasdi. “Urush va tinchlik“ romanining oppoq soqolli muallifi shu mo‘tabar yoshida konkida uchdi, velosipedda, otda sayr qilardi va to‘pponcha bilan (bir oyog‘ida) 40 martadan ko‘proq o‘tirib-turishni mashq qilardi!

Amerika fuqarosi, bastakor va dirijyor Igor Stravinskiy 88 yoshgacha ishlagan.

Shoir Beranger 77 yoshgacha ijod qildi;

Lev Tolstoy – 82 yoshgacha;

Viktor Gyugo – 83 yoshgacha;

Akademik Ivan Pavlov – 87 yoshgacha;

qadimgi yunon dramaturgi Sofokl – 90 yoshgacha.

Faylasuflar Diogen va Demokrit, rassomlar Titian va

Mikelanjelo sakson yoshga to‘lganidan keyin ham ijodiy faol edi;

Bernard Shou 94 yoshgacha ishlagan…

Aytgancha, yaqinda amerikalik olimlar Yevropalik hamkasblari bilan birgalikda shov-shuvli kashfiyotni e’lon qilishdi:

Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi avval o‘ylagandek 25-30 yoshgacha emas, balki 50 yoshgacha rivojlanadi. Bundan tashqari, agar odam faol aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishda davom etsa, miya qarishi deyarli sodir bo‘lmaydi!

Bularning barchasi nima uchun?

Faqat bir narsa:

“Keksalik“ degan kasallik yo‘q, lekin faqat noto‘g‘ri psixologik qarashlar mavjud.

Taniqli psixiatr Daniyel Amen: “Eshitganingizning hammasiga ishonmang, hatto o‘z boshingizda bo‘lsa ham“, – deb maslahat beradi.

Hayotimizdagi eng katta to‘siqlar va to‘siqlarning barchasi bizning ichimizda.

Ularni buzing!

Bizning ruhimiz, ichki kuchlarimizning yoshi yo‘q.

Biz tirik ekanmiz, bizda hali ham yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati mavjud – ruhiy yuksalish yo‘lida hech bo‘lmaganda yana bir balandlikka ko‘tarilish.

Yaxshi vaqtlarni kutmang – faqat bitta yaxshi vaqt bo‘lishi mumkin.

U “HOZIR“ deb ataladi

(muallif noma’lum)

A. Hamroyev tarjimasi

Zakovot savollari

1-savol: “Qichqiriq” nomli filmini suratga olish jarayonida Dryu Berrimor bir necha marta politsiyaga telefon qiladi. Dryu 911 ni terar va qichqirib yuborardi. Dispetcherlar bu holatga qiziqib qolishadi va raqamni bloklamoqchi ham bo`lishadi. Bunday holat yuz berishiga sabab rejissor BIR ISHNI QILISHNI unutgandi. “Chaqmoqdan himoyalanish” nomli tavsiya suratda transportni to`xtatish, yugurmaslik, eshik derazalarni yopish, metall buyumlardan uzoqlashish kabilar qatorida BU ISHNI QILISH ham tavsiya etilgan. Diqqat savol: BU ISHNI QILISHNI toping.

2-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor)

Eshaklar faqatgina Yer sayyorasida emas, balki Saturnning yo’ldoshi bo’lgan Titanda ham uchraydi. Albatta u yerdagi eshaklar Yerdagidan farq qiladi. Trinidaddagi bir eshak esa o’z asfalti bilan mashhur.

Yuqoridagi ma’lumotlarda biz bir ishni qildik. 1946-yilda ishlangan filmda salbiy obraz tomonidan bu ish qilingan. Diqqat savol: Bu film bosh qahramoni kim?

Izoh: Bu ishni qilish – ko’lni eshakka almashtirish. Boshqa sayyoralarda ham suv bilan to’lmagan bo’lsa-da, ko’llar mavjud. Trinidaddagi ko’l o’zidan asfalt olinishi bilan mashhur. «Xo’ja Nasriddinning yangi sarguzashtlari» filmida zolim Og’abek Nasriddinning hiylasiga uchib, ko’lni eshakka almashtiradi.

 3-savol! DUPLET  

Xurshid Rasulovning yoshligi o’tgan asrning 90-yillarida Toshkentda o’tgan. Xurshid Rasulov yoshligida juda kamgap bo’lgan. Diqqat savol: Almashtirilgan 2 so’zni toping!

4-savol: 2020-yilda Afrikada fillar uchun “bebi-bum”, ya`ni ko`plab filchalar tug`ilishi yuz berdi. Ularning soni 200 dan oshdi va juda uzoq yillardan beri yuz bermagan voqeilikdir. Bu filchalarni “OV SOVG`ALARI” deb atashmoqda. Diqqat savol: Savol matnida tushib qoldirilgan uchta harfni yozib bering!

10 TA HAYOTIY MASLAHAT

QIZIQUVCHAN BO’LING:
Mening hech qanday maxsus iste’dodim yo’q. Men shunchaki, juda qiziquvchanman.

BEBAHO QAT’IYAT:
Men har bir masalaga, boshqalarga nisbatan, juda e’tibor va ehtiyotkorlik bilan qarayman.

VAQTDAN YUTISHGA XARAKAT QILMANG:
Bir vaqtda bir necha ish qila olasan, lekin hammasini mukammal qila olmaysan

ENG KATTA KUCH BU TASAVVUR:
Tasavvur bu hamma narsa. Bu hayotdagi bo’lajak voqealarni ko’rib chiqishdir. Tasavvur bilimdan ham muhimdir.

XATO QILISH:
Hech qachon xato qilmagan inson, yangi narsani umuman tatib ko’rmaydi.

HOZIRGI VAQT BILAN YASHANG:
Men hech qachon kelajak haqida o’ylamayman u juda tez yaqinlashib keladi.

QADRIYATLARNI YARATING:
Muvaffaqiyatga erishish uchun intilmang, balki hayotingiz mazmunli bo’lishiga intiling.

TAKRORLAMANG:
Bir ishni qayta-qayta qilib, lekin har xil natijani kutish axmoqlik.

BILIM TAJRIBADAN KELIB CHIQADI:
Axborot bilim emas. Ilmning yagona manbasi tajriba.

O’YINDA YAXSHIROQ O’YNASH UCHUN, QOIDALARNI BILISH KERAK:
Siz o’yin qoidalarini o’rganishingiz kerak. Shundan so’ng, hammadan ko’ra yaxshiroq o’ynashingiz mumkin.

ANDROID ILOVALAR DAHOSI BO‘LING

1-labaratoriya

public class MyCalculator {

    int input1 = 10;

    int input2 = 20;

    int input3 = 30;

    int input4 = 40;

    int input5 = 50;

    public float average() {

        // TODO: write java code to calculate the average for all input variables int avergy

    int sum = (input1 + input2 + input3 + input4 + input5) ;

    int average =  sum/5 ;

         return average;

    }

}

CMS platformalari bilan tanishish

Oxirgi o‘n yillikda zamonaviy saytlar oddiy saytlarga nisbatan ancha ilgarilab ketdi. Zamonaviy saytlar bejirim dizayn va puxta o‘ylangan reklama usullaridan tashqari, takrorlash qiyin bo‘lgan qat’iy funksiyalarni o‘z ichiga olgan sahifalar to‘plamidan iborat. Shu sababli, aksariyat foydalanuvchilar turli funksiyalarga ega zamonaviy saytni “nol”dan yozishdan ko‘ra, ommalashgan CMS platformalardan foydalanishni ma’qul ko‘radi.

Hayotning eng muhim narsalari nima?

Bir oqituvchi darsga bir necha jihozlar bilan kelibdi. Dars boshlanganda, oqituvchi bir bankani olib unga toshlarni tolgunga qadar solibdi. Shunday song, oquvchilardan banka toldimi deb sorabdi. Oquvchilar bir ovozda Xa deb javob berishibdi.
Oqituvchi endi mayda toshchalarni olib, bankaga solishni boshlabdi. Keyin esa, oqituvchi bankani silkitibdi va mayda toshchalar oldin solingan toshlar orasiga joylashibdi. Yana oqituvchi banka tolaligini sorabda va oquvchilar tola deb takidlashibdi.
Shundan song, oqituvchi qumni olib shu bankaga solibdi va qum bankaning boshqa joylarini toldiribdi. Oquvchilar yana banka tolaligini aytishibdi.
Shunda oqituvchi shunday debdi: banka – bu sening hayotingdir. Katta toshlar esa hayotning eng muhim narsalaridir yani sening oilang, turmush ortoging, sogliq va farzandlaringdir. Sen hayotda qanday omadsizliklarga uchramagin, lekin shular bilan baribir hayoting tolaligicha turadi. Mayda toshlar esa sening ishing, uy-joy, mashina va shunga oxshash narsalardir. Qum esa qolgan boshqa mayda narsalardir.
Agarda sen bankaga birinchi qumni solsang, tosh va mayda toshlarga joy qolmaydi. Huddi shunga oxshab, agarda sen hayotingni keraksiz, mayda-chuyda narsalarga sarflasang, hayotning muhim narsalariga joy topa olmaysan.
Shunday ekan, hayotning muhim qirralariga katta etibor ber. Katta toshlar haqida birinchi navbatda fikr yurit va ularni asra. Hech qachon kech emas! Ozingga kechirim ber va kelajak tomon olg’a qadam bos.

KATTA yo‘ldagi KICHIK eslatmalar

❇️ «Ming kilometrlik sayohat ham birinchi qadamdan boshlanadi»
Lao Szi

❇️ «Agar imkoniyat eshik qoqmasa, o‘zing eshikni och»
Milton Berli

❇️ «Sen, nafaqat nima deb aytishingga, balki nima deb aytmasligingga ham javobgarsan»
Martin Luzer

❇️ «Lider kishi – yo‘lni biladigan, yo‘lda yuradigan va yo‘lni ko‘rsatadigan odamdir»
Nomalum

❇️ «Sen boshqa maqsadni belgilashga yoki yangi orzuni yaratishga hech qachon qarilik qilmaysan»
Les Braun

❇️ «Agar mag‘lubiyatga uchrashingni imkonsiz deb bilsang, demak muvaffaqiyatga erishishing 100% kafolatlanadi»
Doroti Brand

❇️ «Muvaffaqiyat – ba’zan to‘g‘ri yo‘nalishdagi noto‘g‘ri qo‘yilgan qadam natijasi ham bo‘lshi mumkin»
Ol Bernshteyn

❇️ «Agar bajara olishingga ishonsang, seni uni bajara olasan»
Napoleon Xill

❇️ «Uni orzu qilma. U bilan bo‘l va yasha»
Richard Obrein

❇️ «Agar xohishing ortidan bormasang, hech qachon unga egalik qila olmaysan.

Agar so‘ramasang, hech qachon javob olmaysan.

Agar birinchi qadamni tashlamasang, hozir turgan joyingda qolib ketasan»
Nora Roberts

❇️ «Sening muvaffaqiyating va baxting – sening ichingda yashiringan»
Helen Keller

❇️ «Muvaffaqiyat siri – imkoniyat kelganda unga tayyor bo‘lib turishdir»
Benjamin Dizraeli

❇️ «Hayotingda g‘olib bo‘lishdan oldin o‘z onggingda g‘olib bo‘lishing kerak»
Jon Eddison

❇️ «Optimist ham pessimist ham o‘zlaricha xaq. Tanlov esa senga bog‘liq»
Harvey Makkey

❇️ «G‘oliblar – o‘z yuraklaridagi xaqiqatni eshita olgan insonlardir»
Silvester Stallone

❇️ «Agar mo‘ljaldan adashsang, hech qachon buni noto‘g‘ri bajardim deb o‘ylama! Keyingi mo‘ljalni to‘g‘ri olish xaqida o‘yla»
Toni Alfonso

❇️ «O‘zingni unut va ishlashni boshla»
Gordon Hinkley

❇️ «Hayotdagi biznesimiz – boshqalardan oldinga o‘tib ketishni emas, o‘zimizdan ilgarilab ketishimizni anglatadi»
Zig Ziglar

❇️ «Men muvaffaqiyat uchun kalitni bilmayman, lekin mag‘lubiyat uchun kalitlardan eng asosiysi – har bir odamga yoqishga harakat qilishdir»
Bill Kosbi

❇️ «Faqat lug‘atdagina »Muvaffaqiyat« so‘zi »Ish« so‘zidan oldinda keladi»
Artur Brisbein

❇️ «Muvaffaqiyat – bu 20% tajriba va 80% strategiya deganidir»
Jim Ron

❇️ «Biznesning asosiy siri – hech kim bilmaydigan narsani bilishdir»
A. Onasis
https://t.me/terkos28