Oylik arxiv: Avgust 2016

Mustaqillik darsi

«Go’zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O’zbekistonim!»

Darsning maqsadlari:

Ta’limiy:                             o’quvchilarga   mustaqillik   haqida, O’zbekistonning dunyo xaritasida tutsan o’rni, istiqlolga erishgandan so’ng iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va siyosiy sohalarda qo’lga kiritgan   yutuqlarimiz to’g’risida tushuncha berish.

Tarbiyaviy:      mavzu   orqali   o’quvchilarda   Vatanga   muhabbat,

qadriyatlarni ulug’lash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi:       o’quvchilarda    jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shish

tuyg’usini rivojiantirish.

Dars tipi: yangi bilimlar berish.

Dars turi: noan’anaviy.

Dars       metodlari:  «Muzyorar», «Bumerang» usullari, suhbat

mustaqillik darsi

PIO-2016

3386_220 3399_680 3449_220

 

Спорт — тинчлик, ҳамжиҳатлик элчиси. У одамлар қалбида ватанпарварлик ҳиссини жўш урдиради, ёш авлодни баркамол қилиб тарбиялайди.  Истиқлол йилларида Президентимиз раҳнамолигида ёш авлоднинг жисмонан ва маънан етук инсонлар бўлиб улғайиши, спорт билан мунтазам шуғулланиши, ўз истеъдод ва салоҳиятини намоён этиши учун кенг шароит ва имкониятлар яратилди.

Бунинг юксак самаралари Рио-де-Жанейро шаҳрида бўлиб ўтган XXXI ёзги Олимпия ўйинларида юртимиз спортчилари эришган улкан натижалар мисолида яққол ўз исботини топди. Ўзбекистон спортчилари 13 медаль жамғариб, жаҳонда 21-ўринни, Осиёда тўртинчи, МДҲ ва Болтиқбўйи давлатлари орасида иккинчи, Марказий Осиёда эса биринчи ўринни эгаллади. Бундай улкан натижа юртимиз ҳаётида муҳим тарихий воқеага айланди.

Бу ғалаба нашидаси ҳар бир ватандошимизни тўлқинлантирди, қалбига фахр-ифтихор бағишлади. Президентимизнинг “Рио-де-Жанейро шаҳрида (Бразилия) бўлиб ўтган XXXI ёзги Олимпия ўйинлари ғолибларини пул мукофотлари билан тақдирлаш тўғрисида”ги фармойиши ҳамда “Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг йигирма беш йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат, маънавият ва маърифат, оммавий ахборот воситалари ҳамда ижтимоий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида”ги фармони асосида спортчиларимизнинг қатор давлат мукофотлари билан тақдирлангани қувончимизга янада қувонч улашди.

Истиқлол ўғил-қизларнинг юксак парвози учун мустаҳкам қанот бўлаётир.  Рио Олимпиадасида ғолиб ва совриндор бўлган спортчиларимизнинг аксарияти 20-25 ёшда. Улар мустақиллик йилларида туғилиб вояга етган, истиқлол инъом этган имкониятлар, шарт-шароитлар асосида таълим олиб, спорт билан шуғулланиб, ана шундай юксак натижаларни қўлга киритмоқда. Амир Темур, Жалолиддин Мангуберди сингари буюк аждодларимиз, кураги ерга тегмаган Паҳлавон Маҳмуддек полвонларга муносиб ворис эканликларини, ўзбек ўғлонига хос мард, жасур ва шижоатини яққол намоён қилдилар.

Айниқса, боксчиларимиз 3 олтин, 2 кумуш ва 2 бронза медални қўлга киритиб, Куба, АЈШ, Буюк Британия ва Россия каби бокс ривожланган давлат спортчиларини ортда қолдириб, дунёда биринчи ўринни эгаллади.

Олимпия ўйинларида Ўзбекистон спорт делегацияси қайд этган натижалар “ким эдигу ким бўлдик”, деган саволга ёрқин ҳаётий жавобдир. Ҳақиқатан ҳам истиқлол йилларида спортга берилаётган эътибор, яратилаётган шарт-шароитлар спортчи йигит-қизларимизнинг жаҳон майдонларида байроғимизни баланд кўтаришига, мадҳиямизнинг баралла янграшига замин бўлаётир. Анъанавий ўтказиб келинаётган уч босқичли спорт тизими — “Умид ниҳоллари”, “Баркамол авлод” ва Универсиада мусобақалари ёшларни спортга кенг жалб этиш, профессионал спортчиларни тарбиялашда алоҳида ўрин тутмоқда. Давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан дунё миқёсида кузатилмаган мутлақо янги тизим — Болалар спортини ривожлантириш жамғармасининг тузилгани бу борадаги ишлар кўламини янада кенгайтириш, янги босқичга кўтариш ва изчил давом эттиришда муҳим омил бўлмоқда.

28-мактаб ҳақида

Косонсой туман ХТМФМТТЭ бўлимига қарашли 28-умумий ўрта таълим мактаби ҳақида умумий

МАЪЛУМОТ

Мактаб Тергачи ҚФЙда жойлашган. Мактаб 1924 йилда ташкил топган. 840 ўринли, 2 босқичда фаолият кўрсатади. 2009йил“Умуммиллий давлат дастури” асосида капитал таъмирларланган.

Синфлар сони – 30 та

Ўқитувчилар сони – 63 та

Олий тоифали ўқитувчилар – 4 та

1 тоифали ўқитувчилар – 24 та

2 тоифали ўқитувчилар – 25 та

Мутахассис ўқитувчилар – 5 та

Ўқувчилар сони – 987 та

Мактаб  рахбарлари

Ш. Шарипов-–  Мактаб директори

Ғ. Болтабоева–  Ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари

Ҳ. Ғаниев– Маънавий – маърифий ишлар бўйича директор ўринбосари

”Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asari

“Mа’nаviyat” tushunchаsi, mаzmuni vа mоhiyati hаqidа bildirilgаn fiкrlаr. Prеzidеnt Islоm Каrimоvning mа’nаviyat vа mа’nаviy каmоlоt hаqidа bildirgаn fiкrlаri: “ Mа’nаviyat – insоnni ruhаn pокlаsh, qаlbаn ulg`аyishgа chоrlаydigаn, оdаmning ichкi dunyosi, irоdаsini bаquvvаt iymоn-e’tiqоdini butun qilаdigаn vijdоni uyg`оtаdigаn bеqiyos kuch, uning bаrchа qаrаshlаrining mеzоnidir. Mа’nаviyatning nеgizi vа mа’nо-mаzmunini bеlgilаydigаn аsоsiy хususiyatlаr; insоnning ruhiy pокlаnishi, qаlbаn ulg`аyishi. Insоniyat tаriхi mа’nаviyat-insоnning, хаlqning, jаmiyat vа dаvlаtning buyuк bоyligi vа кuch – qudrаti mаnbаi.Mа’nаviyatni tushunish, аnglаsh uchun аvvаlо insоnni tushunish, аnglаsh кеrак   Prezidentimiz Islom Karimovning yaqinda nashrdan chiqqan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobi mamlakatimiz jamoatchiligi, keng kitobxonlar o‘rtasida katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda. Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyatning ma’no-mazmuni va u bilan bog‘liq hayotiy masalalar har tomonlama keng tahlil etib berilgan ushbu asar o‘rtaga qo‘yilgan mavzularning dolzarbligi, nazariy va amaliy tomondan g‘oyatda muhim konseptual fikr va xulosalarga boyligi, mushohada qamrovi bilan ko‘pchilik e’tiborini o‘ziga tortmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida 9 iyul kuni ushbu kitobni o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi va mazkur akademiya tomonidan tashkil etilgan tadbirda taniqli olimlar, faylasuf va siyosatshunoslar, ijodkor ziyolilar, jurnalistlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Bevosita muloqot va samimiy fikr almashish ruhida o‘tgan anjumanda bugungi shiddatli globallashuv davrida bu kitob beqiyos ahamiyatga ega ekani, uning sahifalarida milliy o‘zligimizni asrash, qo‘hna qadriyat va an’analarimizni, xalqimiz, ayniqsa, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizning qalbi va ongini turli zararli ta’sirlardan saqlash, ma’naviyat sohasidagi turli tahdidlarga har tomonlama tayyor turish kabi nihoyatda o‘tkir masalalarning mohiyati chuqur ochib berilgani ta’kidlandi. Ma’naviy-ma’rifiy tarbiya jarayonida bu kitobdan kelib chiqadigan maqsad va vazifalar belgilab olindi. Joylarda ushbu asarni o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha amaliy ishlar rejasi, zarur uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratildi.“Ma’naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir”.Odamzot uchun hamma zamonlarda ham eng buyuk boylik bo‘lgan ma’naviyat haqidagi bu fikrlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning yaqinda “Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan o‘rin olgan.Shu yil 14 may kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashining majlislar zalida ushbu kitobning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zolari va faollari, atoqli olimlar, faylasuflar, ta’lim-tarbiya, adabiyot, san’at va madaniyat namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.Taqdimot marosimini Prezidentning davlat maslahatchisi X.Sultonov qisqacha kirish so‘zi bilan ochdi. Samimiy muloqot va fikr almashish ruhida o‘tgan marosimda kitobning ma’no-mazmuni, unda ilgari surilgan g‘oya va qarashlarning bugungi va ertangi hayotimiz uchun beqiyos ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Muallifning ma’naviyat haqidagi, uning inson, jamiyat va davlat hayotidagi o‘rni va ta’siri to‘g‘risidagi ko‘p yillik kuzatishlari, fikr-mulohazalarining mahsuli bo‘lgan bu asar har tomonlama teran ilmiy va hayotiy qarashlarga asoslangani bilan ko‘pchilikning e’tiborini o‘ziga tortishi e’tirof etildi.Tadbirda falsafa fanlari doktori, professor Q.Nazarov, taniqli adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi A.Rasulov, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent N.Umarova, Respublika milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi rahbari M.Quronov, kinorejissor J.Qosimov, O‘zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, filologiya fanlari doktori SH.Sirojiddinov, telejurnalist O.Toshboyev va boshqalar so‘zga chiqib, kitobda o‘rtaga qo‘yilgan muhim ijtimoiy-ma’naviy masalalarning mohiyati xususida atroflicha fikr bildirdilar.Bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’naviyat tushunchasining ilmiy-nazariy, tarixiy va zamonaviy tamoyillari kitobda o‘zining har tomonlama chuqur ifodasini topgani, shu bilan birga, bugungi murakkab davrda ma’naviyatga qarshi qaratilgan tahdidlarning kuchayib borayotgani va bunday xatarlarning tub ildizlari ko‘rsatib berilgani ham qayd etildi.Ma’lumki, bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Bu haqiqat davlatimiz rahbarining oldingi asarlarida ham keng sharhlab berilgan edi. Mazkur kitobda bu masala yanada chuqurroq tahlil etiladi. Jamiyat hayotida, insonlar ongida g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan taqdirda uni begona mafkura va qadriyatlar bilan to‘ldirishga urinadiganlar albatta topilishi hayotiy misollar orqali isbotlab beriladi.Bu kitob bugun ostonamizga yopirilib kelayotgan ana shunday xavf-xatarlardan ogoh etib, barchamizni yana bir bor sezgirlik va hushyorlikka da’vat qilishi, el-yurtimiz, yoshlarimizni turli xil mafkuraviy xurujlardan asrash borasida oldimizda turgan vazifalarni aniq-ravshan belgilab berishi taqdimot marosimida alohida ta’kidlab o‘tildi.Muallif o‘z kitobida insonni yuksaltiradigan ezgu fazilatlardan biri bo‘lmish ma’naviy jasorat haqida to‘xtalib, “Bu yorug‘ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat, deb javob bersak, o‘ylaymanki, yanglishmagan bo‘lamiz”, deb yozadi.