Oylik arxiv: Dekabr 2016

“Fan olimpiadasi”ning 1-bosqichi

Kosonsoy tumanidagi 28-umumiy o’rta ta`lim maktabida “Fan olimpiadasi”ning 1-bosqichi yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etildi. “Fan olimpiadasi”da barcha 9-sinf o’quvchilari qamram olindi va yuqori iqtidorli, bilimli, maktab bosqichida birinchi o’rinni qo’lga kiritgan o’quvchilar tuman bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo’lishdi. Bu o’quvchilar biologiya fanidan Karimov Tolibjon Nazirjon o`g`li, huquq fanidan Salohiddinov Doston Alisher o`g`li, fizika fanidan Sotiboldiyev Abdulbosit Alimardon o`g`li, informatika fanidan Jabborova Gulzoda Ulug`bek qizi, geografiya fanidan Otamirzayev Shohimardon Ilg`orjon o`g`li, nemis tili fanidan Turg`unboyeva Zulfiyabonu Muhammadali qizi, matematika fanidan Jabborov Diyorbek Abdusattor o`g`li, kimyo fanidan Mamasobirov Iqboljon Ilhomjon o`g`li, ingliz tili fanidan Oripova Nilufar Iqboljon qizi, ona tili fanidan Nazarova Muxlisa Muxtorjon qizi, iqtisod fanidan Turg`unboyev Bahriddin Baxromjon o`g`li, rus tili fanidan Abduraxmonova Mohinur Rahmiddin qizi, chizmachilik fanidan Payzullayev Muhammadqodir Payzullo o`g`li, tarix fanidan Raximov Azizbek Gayratjon o`g`lilardir. Maktab g’oliblariga estalik sovgalar va faxriy yorliqlar topshirildi hamda “Fan olimpiadasi” tuman bosqichida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi yuklatildi.