Oylik arxiv: May 2017

ELNING OTASHQALB FARZANDI.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag’ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir ssenariysi.

yuklab olish

Sahna yozuvchining portreti, hayoti va ijodiga doir buklet va albomlar, gullar va sharlar bilan bezatilgan. Xazin kuy jo’rligida sahna monitorida yozuvchining kitob javonlari yonida miyigida kulib tushgan surati namoyon buladi.
Boshlovchi: Assalomu alaykum, aziz va muhtaram mexmonlar, bilimga chanqoq, o’quvchilar, hurmatli adabiyot ixlosmandlari. Xalqimizning otashqalb farzandi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligiga bag’ishlab tayyorlangan kechamizni ochiq, deb e`lon qilaman.
«Mamlakatim gullar tutajak» Sharof Rashidov she’ri

Erta tongda ufqdan boqar,
Sochin tarab nurafshon quyosh.
Unga suq-la termular bashar,
Chunki quyosh biz bilan tengdosh.
Bizga jilva qilganday yulduz,
Nozlanadir baxtim tongida.
Posbonimiz kecha-yu kunduz,
Ishqi yangrar qalb ohangida.
Saodatim nurday tovlanur,
Bizga boqsam zavq ila Vatan.
Unga mening muhabbatim zo’r,
Fido bo’lsin unga jon-u tan.
Olov yoshlik uradir javlon
Keng fazoni qamal qilishga.
Vatan ishqi undar begumon
Lochinlarday uchqur bo’lishga.
Mana shunday bu bizning hayot,
Kundan-kunga olg’a ketajak.
Ilhomimga berib zo’r qanot,
Mamlakatim gullar tutajak!

ODDIY MUALLIM. (Muhammad Yusuf)

Qadri bilinadi menga endi goh,
Olis maktabimning o’sha behasham…
Navoiy-ku bizga ustozdir, biroq
Kimgadir o’qitgan-ku Navoiyni ham.
Shunday buyuk zodga xarf o’rgatgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Tuproqdek xokisor, bezota jonlar,
Ammo qanotida tog’dek ulug’vor,
Ammo Temurdayin Sohibquronlar
Firim deb , etgain o’pgan bor.
Qaysar joxongirda yo’l ko’rsatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yo’qdan Beruniylar binolar qilgan,
Mashrafni mashhuri dunyolar qilgan,
Husaynni – Ibn Sinolar qilgan,
Iloh so’z o’rgatgan kim?
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Lekin bu hayot nish-sanchiqlardan,
Qoqlinsa ko’targan qo’ltiqlaridan,
Otadek ezilgan g’usaga botsa,
Boladek quvongan yutuqlaridan,
Uyqida shogrdin o’ylab yotgan kim?…
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Ulfat ko’p-u ammo bir do’sti hamroh —
Halim topolmadim undan halimroq.
Qancha ustoz ko’rdim, qancha oliygoh,
Olim topolmadim undan olimroq.
Bola yuragimda bеbaho tilsim —
Oddiy muallim-da, oddiy muallim.
Yuzga kiraman mеn Xudo xohlasa —
Yuz yildan keyin bir mo’min o’rtog’im
Ko’zim yopib qo’ysa, jag’im bog’lasa,
So’nggi safar sari otlangan chog’im,
Faqat bir kimsadan bo’ladi qarzim,
Oddiy muallim-da, oddiy muallim!

Yangiliklar

Buyuk informatik, tadbirkor Bill Geytsning yoshlarga bergan 11 maslahati.

O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p ta’lim muassasalarida ishtirok etadi, yuqoridagi kabi fikrlar bilan yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Quyida 2005 yilda uning o‘zi ta’lim olgan maktabdagi ishtiroki chog‘ida bitiruvchi o‘quvchilarga bergan 11 ta maslahatini diqqatingizga havola qilamiz.
 

11 maslahat

2016-2017-O‘QUV YILIDA UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
4-9-SINFLAR O‘QUVCHILARI UCHUN IMTIHON MATERIALLARI VA METODIK TAVSIYALAR
Mazkur imtihon materiallarini tijorat yo‘lida ko‘paytirish taqiqlanadi
Imtihon materiallarini ochish uchun Adobe Reader dasturi kompyuterda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak

batafsil…
Косонсой туманидаги 28-умумий ўрта таълим мактаби тўғрисида маълумот
Мактаб 1924 йилда ташкил топган. Мактаб директори Шарипов Шамсиддин Садирович олий маълумотли, 1979 йил НДПИнинг география биология факултетини тамомлаган. Олий тоифали ўқитувчи.
Ўқув ишлари бўйича директор ўринбосари Болтабоева Ғазила 1988 йилда НДПИнинг география биология факултетини тамомлаган. Биринчи тоифали ўқитувчи.
Мактабда жами 60 нафар педогоглар ёшларга таълим тарбия бермоқда.
batafsil…
Maktab ma`muriyati haqida
batafsil…

2017 yil maktab bitiruv imtihonlari materiallari

9-sinf_bitiruvchilari_gumanitar_ozbek_tilida – yuklab olish
9-sinf_bitiruvchilari_aniq_ozbek_tilida – yuklab olish

9 MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI

Xotira – dunyodan ketganlar yodi,

Deganlar adashur – bo’lmang sal xafa.

Xotira – xayotning bizga arz-dodi,

Xotira – ongdagi to’zg’oq falsafa.

 

 IMG_20170501_205130

“Vatanga qasamyod”

haykali poyida!

 

4

 

Ona degan so’zga egizdir Vatan,

Ona duosidan qutlug’roq ne bor.

Temuriy qalbida mehr jo’sharkan,

Zako ko’zi bilan qaraydi Me`mor.

Ramziy tamsillarda ibrat mujassam,

Bir lahza o’zligim ko’rgandek bo’ldim.

Muqaddas mehrobdan boqarkan onam,

Poyida tiz cho’kib turgandek bo’ldim.

Hech kimga hech qachon bo’lmag’ay qaram,

Ona yurt qoshida tiz cho’kkan o’g’lon.

Eng ulug’ qasam bu – onaga qasam,

Eng buyuk qasam bu – yurtga, begumon!

Goho jon koyitging kelmaydi zinhor,

Rizqi ro’z, tinchlikka yo’qdek nihoya.

Ammo chovuti shay kalxatlar ham bor,

Neki aziz bo’lsa, shartdir himoya!

Yurtdoshim, haykalni aylab ziyorat,

Ruhingni mardlikka o’rgatgil sen ham.

Vatanga qasamyod qilg’il va abad

Uni yuragingga o’rnatgil sen ham!

Iqbol Mirzo

O’zbekiston xalq shoiri.