Oylik arxiv: Fevral 2018

Ta’limga e’tibor- kelajakka e’tibor

Dunyo imoratlari ichida eng ulug`i maktab bo`lsa, kasblar orasida eng sharaflisi o`qituvchilikdir. Bugungi kunda Respublikamizda ta’limga berilayotgan e’tibor yoshlarni astoydil bilim olishga, ustoz va murabbiylarni esa sidqidildan mehnat qilib, komil insonlarni tarbiyalashga undamoqda.
Tarixdan ma’lumki, qaysi mamlakatda tinchlik hukm sursa, adolat ustuvor bo`lsa, fuqarolarning haq-huquqlari himoya qilinsa, eng asosiysi, davlatning yuqori organlari bilan xalq o`rtasida uzilmas, mustahkam ko`prik barpo qilinsa, o`sha mamlakatda ta’lim-tarbiya, san’at, sport taraqqiy topadi.
XX asrning tahlikali 90-yillarida o`zbek xalqini istiqlol nuridan bahramand eta olgan va chorak asr shu el uchun fidoyi bo`lib yashagan birinchi Prezidentimiz Islom Abdug`aniyevich Karimov boshlagan eng yuksak marralar sari eltuvchi oydin yo`lda bugun Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev xalq manfaatlarini himoya qilishni dolzarb vazifa sifatida belgilab olgan holda og`ishmay bormoqdalar. Olib borilayotgan odilona siyosat, yuqori davlat organlarining oddiy xalq ichiga kirib borishi O`zbekiston fuqarolari dilidagi ishonch va yaratuvchanlik tuyg`ularini orttirmoqda.
Men faoliyat olib borayotgan 28- umumiy o`rta ta’lim maktabi nafaqat Kosonsoy tumanida, balki Namangan viloyati va Respublika ta’lim muassasalari orasida o`zining salohiyati bilan ajralib turadi.Sport, san’at, fan yo`nalishlarida maktab o`quvchilari viloyat, respublika tanlovlarida yuqori o`rinlarni egallab kelmoqda.
Jumladan, 2017/2018-o`quv yilida fan olimpiadasining tuman bosqichida 11 nafar o`quvhimiz g`olib bo`lib, viloyat bosqichida qatnashishga hozirlik ko`rmoqda. “Yashil chiroq” Respublika tanlovida 2 yildan beri maktab jamoasi 1-o`rinni qo`lga kiritib kelmoqda. 9-fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P. R. Bobojonov, Respublika profilaktika inspektorlari, Namangan viloyati IIB boshlig`i A.I. Ataxodjayev va boshqa davlat organlari rahbarlari   maktabimizga tashrif buyurib, barcha sinf o`quvchilarining taklif va mulohazalarini o`rgandilar.
10-“A” sinfdagi adabiyot, 5-“G” sinfdagi ona tili darslarini kuzatishdi, maktab kutubxonasi bilan tanishishdi. Samimiy suhbat Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi tantanalariga ulanib ketdi.
6-sinf o`quvchilarining kompozitsiyasi, Muhammadabdullo Sotiboldiyevning diltortar qo`shiqlari barchaga manzur bo`ldi. Takliflarni tinglagan hukumat vakillari 10-fevral kuni yana bilim maskanimizga kirib kelishi barchamiz uchun kutilmagan voqea bo`ldi. O`zbekiston Respublikasi IIV P.R. Bobojonov maktab jamoasini yanada olg`a borishga chaqirdi hamda M. Sotiboldiyevga rubob, maktab kutubxonasiga 350 dan ortiq badiiy kitoblar sovg`a qildi. Mening ham kamtarona mehnatimni yuqori baholab, Namangan viloyati IIB ning tashakkurnomasi hamda kitob javonimdan munosib o`rin egallaydigan qimmatbaho kitoblar to`plami hadya qilishgani o`zgacha hayajon berdi.

Men mustaqil O`zbekistonning oddiy o`qituvchisi sifatida yosh avlodni ma’nan yetuk, jismonan sog`lom, Vatan koriga yaraydigan insonlar qilib tarbiyalashga harakat qilar ekanman, bu e’tibor va e’tirofdan ruhlanib,bor bilim va mahoratimni sarflash imkonini bergan, Davlat siyosati darajasida qo`llab-quvvatlanayotgan o`qituvhilik kasbini tanlaganimga yana bir bor shukrona keltirdim.
Xalqimizning tinch va osoyishta yashashi uchun keca-yu kunduz mehnat qilayotgan IIV tizimidagi barcha rahbar va xodimlarga e’tibor uchun jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. “Sizlar eng oliy ne’mat-tinchlikni saqlab, fidoyi bo`lib mehnat qilar ekansiz, biz o`qituvchilar ham har tomonlama izdosh bo`la oladigan, vatanparvar yoshlarni tarbiyalashdan charchamaymiz. Biz ham sizlarning eng ishongan armiyangiz bo`lamiz”,-deb rahmat aytmoqchiman.

Ziyoda Mamajonova,

Namangan viloyati Kosonsoy tumani 28-umumiy    o`rta  talim maktabi ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Attestatsiyadan o’tuvchi pedagoglar uchun test variantlari

2018-yilda attestatsiyadan o’tuvchi pedagog xodimlar uchun tayyoylanish uchun manba
 Informatika nazariyasi va uqitish metodikasi
Informatika fanini o’qitishda axborot texnologiyalari
Informatika fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalar
Maktabdan tashqari talimda pedagogik texnologiyalar
Boshlangich talim nazariyasi va uqitish metodikasi
Boshlangich talimda pedagogik texnologiyalar
Boshlangich talimda axborot texnologiyalari