Аyol bоrki go‘zаllik yashаr
Аyol bоrki оlаm munаvvаr
Аyol bоrki хаyot muqаrrаr
Аyol bоrki tаbiаt yashnаr
Оnа аziz, оnа ulug‘,
Оnа mеhr bulоg‘i
Fаrzаnd ungа bоldаy lаziz,
Fаrzаnd uning chirоg‘i
Ona qanchalik ulug’, qanchalar mo’tabar zot. Ona! Bu avvalo rafiqa, Vatan qadar ulkan zot. Onalardan tog’lar viqorlikni, quyosh haroratni, gullar tabassumni o’rgangan. Ularning nafasidan chiqqan iluqlik butun jumlai jahonni isitib tantana qilishga ham qodir, onalar bir qo’li bilan beshikni, bir qo’li bilan dunyoni tebratgan. Ularning tuyg’ulari tafsivini keltirmoqqa til ojiz.
Ayolni ardoqla, ko’ngliga qara,
Ayama yer yuzin gavharlarini
Hofizdek tanti bo’l, xoliga baxsh et
Dunyoning eng go’zal shaharlarini
Ayol-ona, ayol-tarbiyachi, ayol-murabbiy. Ana shu ezgu xislatlar birgina inson qiyofasida o’z irodasini topgani tufayli ayol yangi mukammal insonni tarbiyalaydi. Uning hikmati, o’gitlari va nasihatlarida olam-olam hayot haqiqati jilolanib turadi.
Ona kelajakning yaratuvchisi
Ona eng mo’tabar, eng muqaddas zot
Butun dunyo unga ta’zim qilguvchi
Axir onalardan boshlanar hayot.
Rivoyat qilishlaricha bir kuni quyoshdan so’rabdilar. Sening haroratingdan zo’rroq taft bormi? Quyosh: bor, bu ona mehri. U mening taftimdadnda kuchliroq, debdi. O’limdan so’rabdilar. Sen bas keladigan kuch bormi?
O’lim: bor, bu ona mehri, bu meni ham chekintirishga qodir.
Hayotdagi bor go’zallik ayolga, onaga yarashadi, negaki Olloh uni go’zal qilib yaratgan. Quyoshdan mehr, oydan nur, yordan sadoqat, yulduzlardan chiroy olib, unga hadya etgan. Shunday ekan baxtimizga onajonlarimiz hamisha omon bo’lsinlar. Ular borki, hayot bor, baxt quvonch bor.
Bayramingiz muborak bo’lsin, aziz ayollar!
“AYOL BORKI OLAM MUNAVVAR”
Javob berish
