Oylik arxiv: Dekabr 2018

Konstututsion baxt.

Bola boshidan deb har bir bolani iqtidori va zehniga qarab uni qanday bilim va ko’nikmaga egaligini har bir tadbirda qatnashishidan bilib olinadi.

Mana O’zbekistonimiz o’z mustaqilligiga erishganiga 27 yil bo’ldi. Shundan beri o’quvchilar o’rtasida turli tadbir va tanlovlar o’tkazilib, o’quvchilarni qobiliyatlari aniqlanmoqda. Shu jumladan bizning bilim dargohimiz bo’lgan maktabimizda turli tanlov va tadbirlar o’tkazilib kelinyapti. Maktabda “Bayrog’im – iftixorim” tanlovi o’tkazildi. Tanlovda 5-7-sinflar bayon, 8-11-sinflar insho yozdilar. Bu tanlovda 6A sinf o’quvchisi Nodir Husanboyev bayon g’olibi, 9A sinf o’quvchisi Fotima Mamajonova insho g’olibi deb topildi. Mana yaqinda 8-dekabr “O’zbekiston Respublikasining davlat konstitutsiyasi”ning 26 yilligi oldidan “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” mavzusida diktant, insho va rasm chizish bo’yicha tuman tanlovi o’tkazildi. Bu tanlovda ham bizning o’quvchilarimiz faol ishtirok etib, 4-sinf o’quvchisi Yulduzxon_____diktant yozishda, 10-sinf o’quvchisi Odina Yo’ldosheva insho tanlovida, yana 10-sinf o’quvchisi Durdona Muhammadabdullayeva rasm chizishda g’olib deb topildi.

Bu o’quvchilarimiz qo’li gul o’quvchilardan bo’lib, konstitutsiyamizni qalb qo’ri, g’ururi deb hisoblab, undan yanada poydevor hosil qilish uchun harakat qilishlari ularni turli sovg’a va faxriy yorliqlar egalari bo’lish baxtiga muyassar bo’ldilar. Tanlov oxirida Kosonsoy tuman XTB mudiri M. Teshaboyev imzosi bilan faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Biz faqat “xamir uchidan patir” misollar keltirdik xolos, deb ona tili va adabiyot, tasviriy san`at va boshlang’ich sinf o’qituvchilari Vohidova R, Isakova M, Vohidova Sh.