Ma’lumki yrtimizda har yili fan olimpiadalari o’tkaziladi. O’quvchilar ichida DTS talablarini osonlik bilan o’zlashtiradigan, informatikadan ko’proq bilimga ega bo’lishni istaydigan iqtidorli yoshlar doim topiladi. Yillar davomida iqtidorli bolalar bilan ishlash, ularni informatikadan olimpiadalarga tayyorlash tajribasi to’planib, taraqiy etib kelmoqda. Muhimi o’quvchilarni o’qish va olimpiadaga tayyorlanish jarayoniga jiddiy qarashga o’rgatish. Informatikadan o’quvchilarni olimpiadaga tayyorlashni 6-sinfdan boshlash maqsadga muvofiq. Lekin tajriba shuni ko’rsatadiki, ko’pincha o’quvchilar olimpiadaga 8-sinfdan qiziqa boshlaydi. Ulardan ham aqliy mehnatdan zavq oladigan, masalalarni yechishni yoqtiradiganlari qoladi.
Informatikadan fan olimpiadasi ikki turda: nazariy (test topshiriqlari) va amaliy (dastur tuzish) turlarda o’tkaziladi.
