🌱🌹 #Seni har doim maqtayveradigan kishilardan uzoq yur! Chunki hayotda doim maqtovga loyiq insonning o‘zi bo‘lmaydi. Aslida ularning senda manfaati bor-ki, maqtashmoqda. Manfaatlari tugagan kuni esa seni qarg‘ashni boshlashadi.
🌱🌹 #Seni har doim yomonlayveradigan kishilardan ham uzoq yur! Chunki hayotda doim yomonlikka loyiq bo‘lavermaysan. Aslida ularning senga nisbatan hasadlari bor-ki, faqat yomonlamoqdalar. Ular imkon topgan kunlariyoq har qanday fazilatinga qaramay senga zarar yetkazishadi.
🌱🌹 #Qo‘rqoq va jur’atsiz kishilardan ham ehtiyot bo‘l! Ular dushmandan kaltak yeyayotgan paytida sendan fidokorlik istashadi. Mabodo dushman g‘olib kelib, endi sen kaltak yesang bezraygancha yuzinga qarab:
-🌱🌹 # O‘zingdan o‘tdi-da axir, nima qilarding chuqurlashib?!- deydi. O‘sha paytda dushmanning kaltagidan ko‘ra uning shu gapi senga og‘ir botadi.
🌱🌹 #Hayotingda xatolaringni samimiy eslatadigan, yaxshiliklaring uchun quvonib, g‘oibona duo qiladigan, seni og‘ir kunlaringda ham hech qachon tark etmaydigan, buyuk da’vo uchun fidoiy bo‘la oladigan do‘st uchratsang, ishonki, naqadar bebaho ne’matga erishibsan!
🌱🌹 #Bu baxtni qo‘ldan boy berma!
🌱🌹 #Zotan bu kabi do‘stlar tarixda Payg‘ambarlarga nasib etgan va ularga esa to qiyomatga qadar Allohning roziligi bo‘lsin, deyiladi.
🌺© #Aliy To Ha Huzayfa
