Oylik arxiv: Yanvar 2021

Askar qo’shig’i

Mashq qilib vujuding tinmay chiniqtir,

Jisming sezgir bo’lsin, nigohing o’tkir

Olovda toblangin, muzdek suvga kir,

Yov makrin ilg’ab ol, o’zing berma sir,

Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni quch,

Bir,ikki, uch!          Bir,ikki, uch!

Qadaming dadil bos hech, ikkilanmay

Mard o’zbek nomingni desang sharaflay,-

El-yurtga sodiq bo’l yurtboshimizday,

Vataning qo’riqla hushyor hamda shay.

Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni quch

Bir, ikki, uch!    Bir, ikki, uch!

Kalamush bo’lsa yov, sen misoli sher,

Gar tumshuq suqsa u, sen ta’zirin ber.

Manglayingdan to’kkin Alpomishday ter,

Vataning faxr etib shunda rahmat der

Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni quch

Bir, ikki, uch!    Bir, ikki, uch!

Istiqlol bergan erk-ne’matni asra,

Bobolar merosi hikmatni asra,

Jahonga tanilgan millatni asra,

O’zbekiston atalmish jannatni asra.

Shaxdam yur, chaqqon suz, samolarni quch

Bir, ikki, uch!    Bir, ikki, uch! |��!V��s

Farg’ona vodiysi tarixida Kosonsoyning o’rni

Qadimgi Farg’ona tarixi haqida Xitoy manbalarida sayyoh va olimlar Chjan Tsyan, Syuan Tszan, arab tarixchilari Ya’qubiy, Istaxriy, Al-Maqsidiy, ibn Xurdodbek, Abul Fido, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida ko’pgina ma’lumotlar berilgan. Kosonlik olim Muhammad ibn Vali Kosoniy ham qimmatli qo’lyozma xotiralar qoldirgan.

 Rus olim va sharqshunoslari N.Ya.Bichurin, V.A.Bryanov, N.A.Litvinskiy, M.S.Andreev, V.V.Bartold, A.N.Bernshtam, Yu.A.Zadneprovskiy, tojik va o’zbek tarixchi olimlari B.G’. G’a-furov, A.Asqarovlar olib borilgan qazishma va tarixiy asar-larni o’rganish orqali Farg’ona davlati tarixiga oydinlik kiritganlar.

  Kushon imperiyasi davridan boshlab Kosonsoy haqidagi ma’lumotlarni biz tarix sahifalarida uchratamiz.

Miloddan avvalgi  II asrda Kosonsoyning chap sohilida, ho-zirgi Mug’gepa yodgorligi o’rnida qadimgi Koson shahriga asos solinadi. Arxeologik tadqiqotlarga qaraganda Koson shahri Kosonsoyning chap sohilidagi tabiiy tepalik ustida, strategik jihatdan eng qulay joyda qurilgan bo’lib, qadimgi Farg’ona podsholarining yozgi qarorgohi sifatida uzoq yillar tarix sahifasida qoladi. ��l�@0��a