#Ibrat
Azizlar, hali kech emas!
Rim senatori Markus Kato 80 yoshida yunon tilini o‘rgangan.
Sokrat 70 yoshidagina ko‘plab cholg‘u asboblarida chalishni o‘rgangan va bu san’atni mukammal egallashga muvaffaq bo‘lgan.
Mikelanjelo o‘zining eng muhim rasmlarini 80 yoshida chizgan.
Gyote 80 yoshida “Faust“ asarini tugalladi.
Nemis tarixchisi Leopold Ranke 91 yoshida «Jahon tarixi» asarini bitirdi.
Isaak Nyuton 85 yoshida ham tinimsiz faoliyat bilan band edi.
Lev Tolstoy 82 yoshida dalani o‘roq bilan shunday o‘rganki, yosh o‘roqchilar unga yetib bora olmasdi. “Urush va tinchlik“ romanining oppoq soqolli muallifi shu mo‘tabar yoshida konkida uchdi, velosipedda, otda sayr qilardi va to‘pponcha bilan (bir oyog‘ida) 40 martadan ko‘proq o‘tirib-turishni mashq qilardi!
Amerika fuqarosi, bastakor va dirijyor Igor Stravinskiy 88 yoshgacha ishlagan.
Shoir Beranger 77 yoshgacha ijod qildi;
Lev Tolstoy – 82 yoshgacha;
Viktor Gyugo – 83 yoshgacha;
Akademik Ivan Pavlov – 87 yoshgacha;
qadimgi yunon dramaturgi Sofokl – 90 yoshgacha.
Faylasuflar Diogen va Demokrit, rassomlar Titian va
Mikelanjelo sakson yoshga to‘lganidan keyin ham ijodiy faol edi;
Bernard Shou 94 yoshgacha ishlagan…
Aytgancha, yaqinda amerikalik olimlar Yevropalik hamkasblari bilan birgalikda shov-shuvli kashfiyotni e’lon qilishdi:
Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi avval o‘ylagandek 25-30 yoshgacha emas, balki 50 yoshgacha rivojlanadi. Bundan tashqari, agar odam faol aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishda davom etsa, miya qarishi deyarli sodir bo‘lmaydi!
Bularning barchasi nima uchun?
Faqat bir narsa:
“Keksalik“ degan kasallik yo‘q, lekin faqat noto‘g‘ri psixologik qarashlar mavjud.
Taniqli psixiatr Daniyel Amen: “Eshitganingizning hammasiga ishonmang, hatto o‘z boshingizda bo‘lsa ham“, – deb maslahat beradi.
Hayotimizdagi eng katta to‘siqlar va to‘siqlarning barchasi bizning ichimizda.
Ularni buzing!
Bizning ruhimiz, ichki kuchlarimizning yoshi yo‘q.
Biz tirik ekanmiz, bizda hali ham yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati mavjud – ruhiy yuksalish yo‘lida hech bo‘lmaganda yana bir balandlikka ko‘tarilish.
Yaxshi vaqtlarni kutmang – faqat bitta yaxshi vaqt bo‘lishi mumkin.
U “HOZIR“ deb ataladi
(muallif noma’lum)
A. Hamroyev tarjimasi
