1-savol: “Qichqiriq” nomli filmini suratga olish jarayonida Dryu Berrimor bir necha marta politsiyaga telefon qiladi. Dryu 911 ni terar va qichqirib yuborardi. Dispetcherlar bu holatga qiziqib qolishadi va raqamni bloklamoqchi ham bo`lishadi. Bunday holat yuz berishiga sabab rejissor BIR ISHNI QILISHNI unutgandi. “Chaqmoqdan himoyalanish” nomli tavsiya suratda transportni to`xtatish, yugurmaslik, eshik derazalarni yopish, metall buyumlardan uzoqlashish kabilar qatorida BU ISHNI QILISH ham tavsiya etilgan. Diqqat savol: BU ISHNI QILISHNI toping.
2-savol: (Keyingi savol uchun tarqatma material bor)
Eshaklar faqatgina Yer sayyorasida emas, balki Saturnning yo’ldoshi bo’lgan Titanda ham uchraydi. Albatta u yerdagi eshaklar Yerdagidan farq qiladi. Trinidaddagi bir eshak esa o’z asfalti bilan mashhur.
Yuqoridagi ma’lumotlarda biz bir ishni qildik. 1946-yilda ishlangan filmda salbiy obraz tomonidan bu ish qilingan. Diqqat savol: Bu film bosh qahramoni kim?
Izoh: Bu ishni qilish – ko’lni eshakka almashtirish. Boshqa sayyoralarda ham suv bilan to’lmagan bo’lsa-da, ko’llar mavjud. Trinidaddagi ko’l o’zidan asfalt olinishi bilan mashhur. «Xo’ja Nasriddinning yangi sarguzashtlari» filmida zolim Og’abek Nasriddinning hiylasiga uchib, ko’lni eshakka almashtiradi.
3-savol! DUPLET
Xurshid Rasulovning yoshligi o’tgan asrning 90-yillarida Toshkentda o’tgan. Xurshid Rasulov yoshligida juda kamgap bo’lgan. Diqqat savol: Almashtirilgan 2 so’zni toping!
4-savol: 2020-yilda Afrikada fillar uchun “bebi-bum”, ya`ni ko`plab filchalar tug`ilishi yuz berdi. Ularning soni 200 dan oshdi va juda uzoq yillardan beri yuz bermagan voqeilikdir. Bu filchalarni “OV SOVG`ALARI” deb atashmoqda. Diqqat savol: Savol matnida tushib qoldirilgan uchta harfni yozib bering!


















































