Bo‘lim arxivi: Yangiliklar

KITOB HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR…

1. Dunyodagi ilk kitoblar ikki ming yil oldin paydo bo‘lgan. Ular daraxt va sham eritmasidan tayyorlangan. Ammo Priss qo‘lyozmasi deb nomlangan qadimiy kitob besh yarim ming yil oldin papirus yordamida yozilgan ekan.

2. Dunyo bo‘yicha jami 130 millionta kitob mavjud. Bu kitoblarning donasi emas, asarlar miqdori asosida hisob-kitob qilingan.

3. Eng sirli kitob sifatida Voynich qo‘lyozmasi e’tirof etiladi. Bu kitobda qaysidir o‘simlik haqida so‘z boradi. Biroq kitob insoniyat tarixida mavjud bo‘lmagan tilda yozilgani bois olimlar hali hanuz uni o‘qiy olishmayapti.

4. Dunyodagi eng qimmat kitob «Lester majmuasi» deb nomlanib, Leonardo da Vinchi qalamiga mansub. Kitob kimoshdi savdosida Bill Geytsga 24 million dollarga sotilgan. Ajablanarlisi, ushbu kitobni ko‘zgu yordamisiz o‘qib bo‘lmaydi.

5. «Ming bir kecha» ertagini deyarli barchamiz o‘qib chiqqanmiz. Ammo bir narsani bilmaymiz. Kitobning dastlab chop etilgan variantida Oloviddin arab emas, xitoyi sifatida tasvirlangan.

6. L. Kerrollning «Alisa mo‘jizalar mamlakatida» kitobi sotuvi Xitoyda qat’iyan taqiqlab qo‘yilgan. Bunga asardagi hayvonlarning ham inson tilida gapirishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

7. Xorvard kutubxonasida to‘rt dona kitob saqlanadi. Aytishlaricha, bu kitoblar odam terisidan tayyorlangan ekan.

8. «Robinzon Kruzo» asarining davomi ham bor. Unda xuddi o‘sha birinchi asardagi qahramon ikkinchi marotaba kema halokati tufayli kimsasiz orolga tushib qoladi va ming turli mushkulotlarga duch kelgan ko‘yi quruqlik orqali uyiga yetib oladi. Quruqlik esa Rossiya hududi hisoblanadi.

9. Dunyoda kitob chop etish texnologiyasi paydo bo‘lgandan beri, jami 2 milliardga yaqin kitob nashr etilgan.

10. Ilk roman sifatida bir ming yilcha oldin Yaponiyada bitilgan «Gendzi qissasi» tan olingan.

11. Eng sermahsul ijodkor deb yozuvchi Barbara Kartlendni aytsa bo‘ladi. U oyiga ikkitadan roman yozib, dunyo ahlini allaqachon hayratga solib ulgurgan.

12. Ko‘pchilik kitobsevarlar o‘zi mutolaa qilayotgan kitobning 18- sahifasiga yetgach, qiziqishi so‘nib, o‘qishni to‘xtatishadi.

13. Qadimiy Assiriyada kitob oddiy loydan tayyorlangan.

14. Kitob o‘g‘risini dunyo miqyosida bibliokleptoman deb atashadi.

15. Vellingtonda dunyodagi eng og‘ir vaznli kitob saqlanadi. Bu kitobning sof vazni 50 kilogrammga teng.

Tumor

#Ibrat_bekati

Ishlari kundan-kun ortga qarab ketavergan Mansur bugun borishga hech ko‘ngli tortmayotgan domlaning oldiga xotinining qistovlari ila ertalabdan yo‘l oldi. Boshida xotinining gapirgan gaplari aylanaverdi: «O‘qitishimiz kerak».

Domlaning oldiga kirishga navbat kutib turarkan, kun peshinga bordi. Va nihoyat, gali kelib xonaga bo‘sh qo‘llari bilan kirdi-yu, bir dunyo bozorlik ro‘yhati yozilgan qog‘oz bilan qaytib chiqdi. Turnaqator mashinalardan o‘tib, o‘zining mashinasi oldiga yaqinlashar yekan domlaning gaplarini esladi: «Siz shularni olib keling. Kechqurun kelsangiz, tumor yasab beraman. Hammasi yaxshi bo‘ladi…»

Shaharning eng oldi Supermarketlaridan biriga kirib bozorlik qila boshladi. Saryog‘ sotib olayotganida ko‘zi qaymoqqa tushdi. Onasi qaymoqni yaxshi ko‘rardi-ya! Ko‘rmaganiga ham bir oydan oshibdi. Mansur hammasini tashladi. Qaymoq va issiq non sotib oldi-yu, onasining oldiga jo‘nadi…

Onasining duolarini olib, bolalik uyidan kayfiyati a’lo bo‘lib chiqdi. O‘sha kuni qo‘li-qo‘liga tegmay savdo qildi…!

Ertasi kuni ertalab erining kayfiyatini a’lo holda ko‘rgan Nasiba sekin gap boshladi

– Nima degandim sizga! Domlaning nafasi o‘tkir! Tumor ta’sir qilishni boshladi!

– To‘g‘ri aytasan, men tumorimni topdim. Biroz kechrog‘-u, asosiysi topdim!

Nasiba hech narsaga tushunmadi.

Mansur… Mansur yesa allaqachon issiq non hidi tutib ketgan mashinasini «Tumor»i tomon yeldirib borardi…

Ruqayya Yusufiy

Ibrat

#Ibrat

Azizlar, hali kech emas!

Rim senatori Markus Kato 80 yoshida yunon tilini o‘rgangan.

Sokrat 70 yoshidagina ko‘plab cholg‘u asboblarida chalishni o‘rgangan va bu san’atni mukammal egallashga muvaffaq bo‘lgan.

Mikelanjelo o‘zining eng muhim rasmlarini 80 yoshida chizgan.

Gyote 80 yoshida “Faust“ asarini tugalladi.

Nemis tarixchisi Leopold Ranke 91 yoshida «Jahon tarixi» asarini bitirdi.

Isaak Nyuton 85 yoshida ham tinimsiz faoliyat bilan band edi.

Lev Tolstoy 82 yoshida dalani o‘roq bilan shunday o‘rganki, yosh o‘roqchilar unga yetib bora olmasdi. “Urush va tinchlik“ romanining oppoq soqolli muallifi shu mo‘tabar yoshida konkida uchdi, velosipedda, otda sayr qilardi va to‘pponcha bilan (bir oyog‘ida) 40 martadan ko‘proq o‘tirib-turishni mashq qilardi!

Amerika fuqarosi, bastakor va dirijyor Igor Stravinskiy 88 yoshgacha ishlagan.

Shoir Beranger 77 yoshgacha ijod qildi;

Lev Tolstoy – 82 yoshgacha;

Viktor Gyugo – 83 yoshgacha;

Akademik Ivan Pavlov – 87 yoshgacha;

qadimgi yunon dramaturgi Sofokl – 90 yoshgacha.

Faylasuflar Diogen va Demokrit, rassomlar Titian va

Mikelanjelo sakson yoshga to‘lganidan keyin ham ijodiy faol edi;

Bernard Shou 94 yoshgacha ishlagan…

Aytgancha, yaqinda amerikalik olimlar Yevropalik hamkasblari bilan birgalikda shov-shuvli kashfiyotni e’lon qilishdi:

Ma’lum bo‘lishicha, inson miyasi avval o‘ylagandek 25-30 yoshgacha emas, balki 50 yoshgacha rivojlanadi. Bundan tashqari, agar odam faol aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishda davom etsa, miya qarishi deyarli sodir bo‘lmaydi!

Bularning barchasi nima uchun?

Faqat bir narsa:

“Keksalik“ degan kasallik yo‘q, lekin faqat noto‘g‘ri psixologik qarashlar mavjud.

Taniqli psixiatr Daniyel Amen: “Eshitganingizning hammasiga ishonmang, hatto o‘z boshingizda bo‘lsa ham“, – deb maslahat beradi.

Hayotimizdagi eng katta to‘siqlar va to‘siqlarning barchasi bizning ichimizda.

Ularni buzing!

Bizning ruhimiz, ichki kuchlarimizning yoshi yo‘q.

Biz tirik ekanmiz, bizda hali ham yuqoriga ko‘tarilish imkoniyati mavjud – ruhiy yuksalish yo‘lida hech bo‘lmaganda yana bir balandlikka ko‘tarilish.

Yaxshi vaqtlarni kutmang – faqat bitta yaxshi vaqt bo‘lishi mumkin.

U “HOZIR“ deb ataladi

(muallif noma’lum)

A. Hamroyev tarjimasi

KATTA yo‘ldagi KICHIK eslatmalar

❇️ «Ming kilometrlik sayohat ham birinchi qadamdan boshlanadi»
Lao Szi

❇️ «Agar imkoniyat eshik qoqmasa, o‘zing eshikni och»
Milton Berli

❇️ «Sen, nafaqat nima deb aytishingga, balki nima deb aytmasligingga ham javobgarsan»
Martin Luzer

❇️ «Lider kishi – yo‘lni biladigan, yo‘lda yuradigan va yo‘lni ko‘rsatadigan odamdir»
Nomalum

❇️ «Sen boshqa maqsadni belgilashga yoki yangi orzuni yaratishga hech qachon qarilik qilmaysan»
Les Braun

❇️ «Agar mag‘lubiyatga uchrashingni imkonsiz deb bilsang, demak muvaffaqiyatga erishishing 100% kafolatlanadi»
Doroti Brand

❇️ «Muvaffaqiyat – ba’zan to‘g‘ri yo‘nalishdagi noto‘g‘ri qo‘yilgan qadam natijasi ham bo‘lshi mumkin»
Ol Bernshteyn

❇️ «Agar bajara olishingga ishonsang, seni uni bajara olasan»
Napoleon Xill

❇️ «Uni orzu qilma. U bilan bo‘l va yasha»
Richard Obrein

❇️ «Agar xohishing ortidan bormasang, hech qachon unga egalik qila olmaysan.

Agar so‘ramasang, hech qachon javob olmaysan.

Agar birinchi qadamni tashlamasang, hozir turgan joyingda qolib ketasan»
Nora Roberts

❇️ «Sening muvaffaqiyating va baxting – sening ichingda yashiringan»
Helen Keller

❇️ «Muvaffaqiyat siri – imkoniyat kelganda unga tayyor bo‘lib turishdir»
Benjamin Dizraeli

❇️ «Hayotingda g‘olib bo‘lishdan oldin o‘z onggingda g‘olib bo‘lishing kerak»
Jon Eddison

❇️ «Optimist ham pessimist ham o‘zlaricha xaq. Tanlov esa senga bog‘liq»
Harvey Makkey

❇️ «G‘oliblar – o‘z yuraklaridagi xaqiqatni eshita olgan insonlardir»
Silvester Stallone

❇️ «Agar mo‘ljaldan adashsang, hech qachon buni noto‘g‘ri bajardim deb o‘ylama! Keyingi mo‘ljalni to‘g‘ri olish xaqida o‘yla»
Toni Alfonso

❇️ «O‘zingni unut va ishlashni boshla»
Gordon Hinkley

❇️ «Hayotdagi biznesimiz – boshqalardan oldinga o‘tib ketishni emas, o‘zimizdan ilgarilab ketishimizni anglatadi»
Zig Ziglar

❇️ «Men muvaffaqiyat uchun kalitni bilmayman, lekin mag‘lubiyat uchun kalitlardan eng asosiysi – har bir odamga yoqishga harakat qilishdir»
Bill Kosbi

❇️ «Faqat lug‘atdagina »Muvaffaqiyat« so‘zi »Ish« so‘zidan oldinda keladi»
Artur Brisbein

❇️ «Muvaffaqiyat – bu 20% tajriba va 80% strategiya deganidir»
Jim Ron

❇️ «Biznesning asosiy siri – hech kim bilmaydigan narsani bilishdir»
A. Onasis
https://t.me/terkos28

Proverbs and saying

1. After dinner sit awhile, After super walk a mile-Tushlikdan keyin hordiq, Kechki ovqatdan keyin sayr

2. All is well that ends well-Har narsaning yaxshilik bilan tugagani yaxshi

3. Speech is silver silence is gold-So`zlash kumush bo`lsa, Sukut oltindir

4. As clear as a day-Kundek ravshan   

5. As is the workmen so is the work-Ustaning ishiga qarab baho ber.

8. East or west home is best-O`z uying, o`lan toshaging

9. Better sole than sorry-Keyingi pushaymon, o`zingga dushman

10. Better do well than to say well. Gap bilguncha – ish bil

11. The voice of one man is the voice of no men – Yolg`iz otning changi chiqmas

12. First come first served-Tegirmon navbati bilan

13. Saying and doing  are two things-Holva degan bilan ogiz chuchimaydi

14. Bad news  has wings-Yomon xabarning qanoti bor

15 No pains no gains-

16.No smoke without fire-Shamol bo`lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi

17.No sweet without some sweat-Jon chekmasang, janona qayda

18. One swallow doesn’t make a summer – Bir qaldirg`och bilan yoz bo`lmas

29. Out of sight out of mind – O`zi yo`qning yuzi yo`q

20. The  first blow is half battle-Birinchi hujum yarim g`alaba

21. Well begun is half done-Yaxshi boshlanish yarim g`alaba

22. While there is life there is hope-Noumid shayton

23. Practice makes perfect-Takrorlash bilimning onasidir

24.Two eyes see more than one-Bitta kalla bitta ikkita kalla ikkita 25.Years teach more than books-Hayot muallim

Garvard talabalarini ruhlantirish uchun qanday gaplar aytilishini bilasizmi?

Sizga ham foydasi tegadi!

***  Hozir uxlasang, albatta, orzularingni tushingda ko‘rasan. Agar uyquning o‘rniga o‘qishni tanlasang, orzularingni hayotda ko‘rasan.

***  Qachonki sen hammasiga juda kech bo‘ldi deb o‘ylasang, aslida hali erta bo‘ladi.

***  O‘qish azobi — vaqtinchalik. Bilmaslik azobi — abadiy.

***  O‘qish — bu vaqt sarflash emas. O‘qish — harakat qilish.

***  Hayot faqat o‘qishdan iborat emas. Hayotning mana shu qismini ham bosib o‘ta olmasang, nimaga ham qodir bo‘la olarding?

***  Qiyinchilik va tinimsiz harakatdan rohatlan.

***  Kimki hammasini erta qilsa, o‘zining muvaffaqiyatidan haqqoniy rohatlana oladi.

***  Hammasiga ulgurish imkoniyati barchaga berilmagan, lekin muvaffaqiyat o‘z ustida ishlovchi va muammolarni tezda hal qiladiganlarga keladi.

***  Vaqt uchadi. Hozirgi so‘laging ertaga ko‘z yoshi bo‘ladi.

***  Agar sen bugun piyoda yurishni xohlamasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

***  Kelajagi uchun nimadir qiladigan odam realistdir.

***  Sening topadigan puling – olgan biliming darajasiga proporsional.

***  Bugun hech qachon qaytib kelmaydi.

***  Hozir hatto dushmanlaring ochlarcha kitoblarni varaqlamoqda.

***  Qiyinchiliklarsiz maqsadga yetib bo‘lmaydi.

Muvaffaqiyatga erishishni eng samarali yo’llari!

  1. O’zingiz sevgan mashg’ulotingizga e`tiborni qarating.
  2. Kun tartibi yaratib oling, kun tartibiga har doim amal qiling.
  3. Kamroq dam oling, ko’proq mehnat qiling.
  4. O’zingizni boshqara oling.
  5. Hech qachon o’zingizni majburlab o’rganib o’qib natijaga erisha olmaysiz, o’zingiz yoqtirgan mashg’ulot bilan shug’ullaning.
  6. O’zingiz uchun rejalar tuzib oling, 1 yillik balki 10 yillik ya’ni o’zingizni 10 yildan keyin qanaqa xolatda ko’rmoqchisiz shuni tasavvur qilib shu narsa uchun tinimsiz mehnat qiling!

Foydali maslahatlar!!!

Norin

Norin shohona taom bo‘lib, o‘zbek milliy taomlari orasida tayyorlanishi ancha murakkab bo‘lgan taomdir. Asosan yilning sovuq fasllarida tayyorlanadi. Taomni ta’bga qarab mol yoki ot go‘shtidan tayyorlash mumkin. Ushbu taom 8-10 kishilik.

Kerakli masalliqlar: 1. Go‘sht – 1 kg. 2. Tuxum – 2 dona 3. Un – 1,5 kg 4. Yog‘ – 150 gr. 5. Zira 6. Tuz

Tayyorlanishi: Go‘sht suvda 1 soat davomida qaynatiladi. Pishgach, suvidan olib, sovutiladi. So‘ng, mayda somoncha (kokil) shaklida to‘g‘raladi.

Un ichiga tuxum chaqib solinib, nomokob suvda o‘rtacha qattiq xamir qorib, tindirib qo‘yiladi. Tingan xamir o‘rtacha yupqalikda yoyilib, to‘rtburchak shaklida kosa kengligida kesib chiqiladi.

Bu bo‘laklar sho‘r suvda pishirib olinadi. Pishgan xamirlar suvdan olingach, issiqligida dasturxon ustiga yoyib quritiladi. Bunda xamirlar bir-biriga yopishib qolmasligi uchun issiqligida to‘liq yoyishga xarakat qiling. Ikki tomoni quritilgan xamirlar laganga bir xil tekislikda oralariga yog‘ surilib, ustma-ust taxlanadi.

Taxlangan xamirdan uzun lentalar kesib olinib, mayda kokil qilib to‘g‘raladi.

To‘g‘ralgan go‘sht va xamir zira bilan aralashtiriladi.

Taom dasturxonga aloxida idishda go‘sht qaynagan sho‘rvasi bilan tortiladi.
Eslatma: Go‘sht oldindan tuzlab, ziralab qo‘yilsa yanada mazali bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!